Onlayn do‘kon platformasi
Bozordanbrendgacha.
Rasto bilan o‘z onlayn do‘koningizni oching: mahsulot qo‘shing, mavzu tanlang, buyurtmalarni bitta paneldan boshqaring. Hammasi o‘zbek tilida.
Nega Rasto
Buyurtmalar direktda yo‘qoladi. «Narxi qancha?» degan savolga yuzinchi marta javob yozasiz. Hisob-kitob esa hamon daftarda.
Rasto bularning barchasini bitta do‘konga yig‘adi: mahsulotlar , buyurtmalar va xaridorlar — o‘z nomingiz ostida, bir joyda.
Kimlar uchun
Nima sotsangiz ham, Rastoda joyi bor.
Ustaxona, uy oshxonasi yoki kichik atelye — qayerda ishlasangiz ham, endi Instagram sahifangiz yonida o‘z do‘koningiz bo‘ladi.
Hunarmandchilik
Qo‘l mehnati butun mamlakat ko‘z o‘ngida.
Shirinliklar
Uy oshxonasidan onlayn vitrinaga.
Kosmetika
Kichik brendga katta vitrina.
Charm buyumlar
Har bir buyumga alohida sahifa.
Mavzular
Do‘koningiz birinchi kundan brend kabi ko‘rinadi.
Mavzular noldan, premium sifatda ishlab chiqiladi. Birinchisi — kiyim do‘konlari uchun MOOD Fashion.
Tuzilishi tayyor
Mavzuning skeleti o‘zgarmaydi. Siz faqat matn va suratlarni almashtirasiz.
Tugmalar o‘zi ulanadi
Havola yozish shart emas: do‘kondagi tugmalar kerakli sahifaga avtomatik bog‘lanadi.
Bepul va premium
Turli sohalar uchun toifalangan yangi mavzular tayyorlanmoqda.
Boshqaruv paneli
Bitta panel. Butun savdo.
Panel o‘zbek sotuvchisi uchun, o‘zbek tilida yozilgan. Nima kerak bo‘lsa, o‘sha ko‘z oldingizda.
| Mahsulot | Xaridor | Sana | Summa | Holat |
|---|---|---|---|---|
Trikotaj sviter#1048 · 1 dona | Dilnoza K. | Bugun, 14:20 | 489 000 so‘m | Yangi |
Ikki bortli pidjak#1047 · 1 dona | Jasur T. | Bugun, 11:05 | 1 290 000 so‘m | Yig‘ilmoqda |
Charm sumka#1046 · 1 dona | Madina R. | Kecha | 890 000 so‘m | Yo‘lda |
Midi yubka#1045 · 2 dona | Nilufar S. | Kecha | 1 040 000 so‘m | Yetkazildi |
Jun palto#1044 · 1 dona | Sardor A. | 8-noyabr | 1 650 000 so‘m | Yetkazildi |
mavsum
Uch tilda do‘kon
Do‘koningiz uch tilda ochiladi. Xaridor o‘ziga qulay tilni o‘zi tanlaydi.
Yo‘l xaritasi
Tayyor bo‘lmaganini tayyor deb ko‘rsatmaymiz.
Quyidagilar hozir ishlab chiqilmoqda va bosqichma-bosqich qo‘shiladi.
Karta orqali to‘lov
Tez oradaHUMO, UZCARD va Visa kartalari bilan onlayn to‘lov.
O‘z domeningiz
Tez oradaDo‘konni o‘zingizning domen manzilingizga ulash.
Yangi mavzular
Tez oradaTurli sohalar uchun bepul va premium mavzular.
Qanday ishlaydi
Uch qadamda o‘z do‘koningiz.
Ro‘yxatdan o‘ting
Do‘koningizga nom bering va panelga kiring.
Mahsulot qo‘shing, mavzu tanlang
Suratlar va narxlarni kiriting, logotipingizni yuklang, do‘kon ko‘rinishini tanlang.
Havolani ulashing
Do‘kon manzilini mijozlaringizga yuboring va buyurtmalarni qabul qiling.