Hujjatlar
Maxfiylik siyosati
Loyiha. Ushbu hujjat huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmoqda va yakuniy tahrir e’lon qilinguncha o‘zgartirilishi mumkin. Ayrim rasmiy ma’lumotlar hozircha aniqlanmoqda.
1. Umumiy qoidalar
Ushbu Maxfiylik siyosati Rasto platformasi (rasto.uz va unga tegishli xizmatlar, keyingi o‘rinlarda — «Rasto» yoki «Platforma») shaxsga doir ma’lumotlarni qanday yig‘ishi, ulardan qanday foydalanishi, saqlashi va himoya qilishini tushuntiradi.
Rasto — sotuvchilarga o‘z internet-do‘konini ochish va boshqarish uchun dasturiy xizmat ko‘rsatuvchi platforma. Rasto tovarlarni o‘zi sotmaydi: do‘konlardagi tovarlar, narxlar va buyurtmalar uchun shu do‘konning egasi (sotuvchi) javob beradi.
Siyosat O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-son «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi va 2022-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-792-son «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonunlari hamda boshqa amaldagi qonun hujjatlarini hisobga olgan holda tuzilgan.
Siyosat quyidagilarga taalluqli:
- sotuvchilar va ularning xodimlari — Rastoda hisob ochgan va do‘konni boshqaradigan shaxslar;
- xaridorlar — Rasto asosida ishlaydigan do‘konlarda buyurtma beradigan shaxslar;
- tashrif buyuruvchilar — rasto.uz saytini ko‘rib chiqadigan shaxslar.
2. Platforma operatori
- Rasmiy nomi
- Aniqlanmoqda
- STIR
- Aniqlanmoqda
- Yuridik manzil
- Aniqlanmoqda
- Elektron pochta
- support@rasto.uz
- Telefon
- +998 90 467 76 84
- Telegram
- @Rasto_uz
3. Qanday ma’lumotlar yig‘iladi
3.1. Sotuvchi va xodimlar hisobi
- ism va familiya, elektron pochta manzili, telefon raqami (ixtiyoriy);
- parol — ochiq holda saqlanmaydi, faqat bir tomonlama kriptografik xesh ko‘rinishida saqlanadi;
- interfeys tili va hisob sozlamalari;
- elektron pochtani tasdiqlash va parolni tiklash holati.
3.2. Do‘kon ma’lumotlari
- do‘kon nomi va manzili (havolasi), aloqa telefoni, viloyat va shahar, faoliyat yo‘nalishi;
- tanlangan tarif, sinov muddati va obuna holati;
- do‘konga yuklangan mahsulotlar, suratlar, matnlar va dizayn sozlamalari.
3.3. To‘lovlarni qabul qilishni sozlash
Sotuvchi o‘z do‘konida onlayn to‘lovni yoqsa, quyidagilar kiritiladi:
- korxona turi (masalan, YaTT yoki MChJ), rasmiy nomi va STIR;
- hisob-kitob raqami — shifrlangan holda saqlanadi;
- Click yoki Payme hisobiga ulanish uchun maxfiy kalitlar — shifrlangan holda saqlanadi;
- tasdiqlovchi hujjatlar — shifrlanib, ochiq havola orqali kirib bo‘lmaydigan yopiq xotirada saqlanadi.
3.4. Do‘kon xaridorlari ma’lumotlari
Xaridor sotuvchining do‘konida buyurtma berganda yoki hisob ochganda quyidagilar qayta ishlanadi:
- ism, telefon raqami, elektron pochta (ixtiyoriy), Telegram foydalanuvchi nomi (ixtiyoriy);
- yetkazib berish manzili, buyurtma tarkibi, summasi, holati va tarixi, xaridor izohlari;
- qaytarish va almashtirish arizalari;
- xaridor hisobi ochilgan bo‘lsa — elektron pochta va parolning xeshi;
- xaridor xabarnomalarga obuna bo‘lsa — elektron pochta, ism va obunadan chiqish qaydi.
Bu ma’lumotlar faqat tegishli sotuvchining do‘koniga bog‘lanadi va boshqa do‘konlarga ko‘rsatilmaydi.
3.5. Texnik ma’lumotlar
- tizimga kirishni saqlab turish va so‘rovlarni soxtalashtirishdan himoya qilish uchun zarur cookie fayllari (7-bo‘limga qarang);
- IP manzil — so‘rovlar sonini cheklash va xavfsizlikni ta’minlash uchun;
- brauzerning mahalliy xotirasida saqlanadigan sozlamalar (masalan, savat, sevimlilar ro‘yxati, tahrir qoralamalari).
Rasto bank kartasi raqamlarini yig‘maydi va saqlamaydi: kartadan to‘lov Click yoki Payme to‘lov sahifasida amalga oshiriladi.
4. Foydalanish maqsadlari
- hisob ochish, kirishni tasdiqlash, elektron pochtani tasdiqlash va parolni tiklash;
- do‘konni yaratish, ishlatish va unga xizmat ko‘rsatish;
- buyurtmalarni qabul qilish, yetkazib berish, qaytarish va almashtirishni sotuvchi nomidan rasmiylashtirish;
- tarif va obuna holatini yuritish;
- xizmat bilan bog‘liq xabarlarni yuborish (masalan, buyurtma tasdig‘i, parolni tiklash havolasi);
- platforma xavfsizligini ta’minlash, firibgarlik va suiiste’molning oldini olish;
- qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarni bajarish.
Rasto sizning ma’lumotlaringizni sotmaydi va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaydi.
5. Qayta ishlash asoslari
Shaxsga doir ma’lumotlar quyidagi asoslarda qayta ishlanadi:
- subyektning roziligi — masalan, ro‘yxatdan o‘tishda yoki ixtiyoriy xizmatlarni yoqishda;
- subyekt ishtirok etayotgan shartnomani tuzish va bajarish — masalan, platformadan foydalanish yoki buyurtmani bajarish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar.
Rozilik qanday shaklda berilgan bo‘lsa, shunday shaklda yoki yozma (elektron) shaklda qaytarib olinishi mumkin. Rozilik qaytarib olinganda, uning asosida qayta ishlangan ma’lumotlar qonunda belgilangan tartibda yo‘q qilinadi yoki ishlov to‘xtatiladi.
6. Sotuvchining mas’uliyati
Do‘kon xaridorlarining ma’lumotlariga nisbatan sotuvchi ushbu ma’lumotlarning egasi va ularni qayta ishlash maqsadini belgilovchi shaxs hisoblanadi. Rasto bu ma’lumotlarni sotuvchining topshirig‘i bilan, faqat do‘kon ishlashi uchun texnik jihatdan qayta ishlaydi.
Sotuvchi:
- xaridorlardan zarur rozilikni olishi va ularga ma’lumotlardan qanday foydalanishini tushuntirishi;
- xaridor ma’lumotlaridan faqat buyurtmani bajarish va qonunda ruxsat etilgan maqsadlarda foydalanishi;
- reklama va o‘lchov vositalarini (masalan, Meta Pixel) ulaganda, xaridorlarni xabardor qilishi va kerak bo‘lsa roziligini so‘rashi;
- do‘kon xodimlariga beriladigan ruxsatlarni nazorat qilishi;
- xaridorlarning ma’lumotlariga oid murojaatlariga o‘z vaqtida javob berishi shart.
Xaridor o‘z ma’lumotlari bo‘yicha avvalo tegishli do‘konga murojaat qiladi. Do‘kon javob bermasa, Rasto sotuvchiga murojaatni yetkazishda yordam beradi.
8. Uchinchi tomon xizmatlari va ma’lumotlarni uzatish
Rasto ma’lumotlarni faqat xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hajmda quyidagi toifadagi xizmatlarga uzatishi mumkin:
- To‘lov tizimlari — Click va Payme. Sotuvchi o‘zining merchant hisobini ulaydi; to‘lov xaridor tomonidan to‘lov tizimi sahifasida amalga oshiriladi va pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvchining hisobiga tushadi. Rasto xaridor pullarini o‘z hisobida ushlab turmaydi.
- Meta Platforms — faqat sotuvchi Meta Pixel’ni ulagan bo‘lsa (7.3-bo‘lim).
- Elektron pochta yuborish xizmati — tasdiqlash, parolni tiklash va buyurtma xabarlarini yetkazish uchun.
- Server va fayl saqlash xizmatlari — platforma ma’lumotlar bazasi va fayllarini joylashtirish uchun.
- Google Fonts — rasto.uz sahifalarida shriftlarni ko‘rsatish uchun (7.2-bo‘lim).
Ayrim xizmatlar O‘zbekiston hududidan tashqarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarni chegaradan tashqariga uzatish O‘RQ-547-son Qonunning 15-moddasi va 271-moddasida belgilangan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. Elektron pochta, server va fayl saqlash xizmatlari ko‘rsatuvchilarining nomlari va joylashuvi hozircha aniqlanmoqda va yakuniy tahrirda ko‘rsatiladi.
Ma’lumotlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vakolatli davlat organlarining qonuniy so‘roviga binoan ham taqdim etilishi mumkin.
9. Ma’lumotlar xavfsizligi
Rasto quyidagi tashkiliy va texnik choralarni qo‘llaydi:
- ishchi muhitda ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi va brauzerga HSTS orqali faqat xavfsiz ulanishdan foydalanish buyuriladi;
- parollar faqat xesh ko‘rinishida saqlanadi, oddiy va oson topiladigan parollar qabul qilinmaydi;
- yangi hisob elektron pochta orqali tasdiqlanadi; kirish va parolni tiklash urinishlari soni cheklanadi;
- sessiya cookie fayli ishchi muhitda faqat xavfsiz ulanish orqali yuboriladi;
- har bir do‘konning mahsulotlari, xaridorlari, buyurtmalari va to‘lovlari server tomonida bir-biridan ajratilgan; foydalanuvchi faqat o‘ziga ruxsat berilgan do‘konga kira oladi;
- do‘kon xodimlari uchun alohida ruxsatlar belgilanadi;
- hisob raqamlari, to‘lov tizimi kalitlari va tasdiqlovchi hujjatlar shifrlangan holda saqlanadi;
- xaridorning buyurtmani kuzatish havolalari tokenlari bazada ochiq holda emas, xesh ko‘rinishida saqlanadi;
- mahsulot suratlarini qayta ishlash vositalari Rasto serverlarida ishlaydi; suratlar bu maqsadda tashqi sun’iy intellekt xizmatlariga yuborilmaydi.
Hech qanday tizim to‘liq xavfsizlikni kafolatlay olmaydi. Hisobingizga ruxsatsiz kirilganini sezsangiz, darhol parolni o‘zgartiring va bizga xabar bering.
10. Ma’lumotlarni saqlash va yo‘q qilish
- Ma’lumotlar ularni yig‘ish maqsadiga erishilgunga qadar saqlanadi: hisob va do‘kon ma’lumotlari — hisob faol bo‘lgan davrda.
- Buyurtma va hisob-kitob ma’lumotlari soliq va buxgalteriya hisobi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan muddat davomida saqlanishi mumkin.
- Maqsadga erishilganda, rozilik qaytarib olinganda yoki sud qarori bo‘lganda ma’lumotlar qonunda belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
- Hozircha hisobni o‘chirish platforma ichida avtomatik amalga oshirilmaydi: buning uchun support@rasto.uz manziliga murojaat qiling. Murojaat egasining shaxsi tekshirilgandan keyin so‘rov bajariladi.
11. Sizning huquqlaringiz
O‘RQ-547-son Qonunga muvofiq siz quyidagi huquqlarga egasiz:
- o‘zingizga oid ma’lumotlar qayta ishlanayotgani haqida bilish va ular bilan tanishish;
- ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi, usuli va muddati haqida axborot olish;
- noto‘g‘ri yoki eskirgan ma’lumotlarni o‘zgartirish va to‘ldirishni talab qilish;
- ma’lumotlarni yo‘q qilishni yoki ularga ishlov berishni to‘xtatishni talab qilish;
- rozilikni qaytarib olish;
- huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilish.
Interfeys tilini Admin panelda o‘zingiz o‘zgartirishingiz, parolni esa kirish sahifasidagi «Parolni unutdingizmi?» havolasi orqali yangilashingiz mumkin. Boshqa so‘rovlar uchun 13-bo‘limdagi manzillarga murojaat qiling. Murojaatlar qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
12. Boshqa qoidalar
Rasto tadbirkorlik faoliyati uchun mo‘ljallangan va voyaga yetmaganlar uchun xizmat ko‘rsatishni maqsad qilmaydi.
Rasto ushbu Siyosatni o‘zgartirishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi; muhim o‘zgarishlar haqida sotuvchilar elektron pochta yoki Admin panel orqali xabardor qilinadi.
Foydalanish shartlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
13. Aloqa
Shaxsga doir ma’lumotlar bo‘yicha savol va murojaatlaringizni quyidagi manzillarga yuboring:
- Elektron pochta: support@rasto.uz
- Telegram: @Rasto_uz
- Telefon: +998 90 467 76 84